RBT MyMusic - zerikarli gudoklar o'rniga musiqa!

Oferta

MyMusic xizmati bilan foydalanish uchun foydalanuvchi shartnomasi (keyingi o’rinlarda Oferta)

Ushbu Foydalanuvchi shartnomasi Mobiuz abonentlariga «MyMusic» xizmatidan (keyingi o’rinlarda «Xizmat» deb yuritiladi) foydalanishni ta’minlash bo’yicha munosabatlarni tartibga soladi.

«MyMusic» xizmatidan foydalanishga Abonent Xizmatga ulanish sharti bilan ruxsat beradi. Xizmatni ulashda Foydalanuvchi o’zining 18 yoshdan oshganligini, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli fuqaro ekanligini tasdiqlaydi, u voyaga yetganligi tufayli o’z harakatlari uchun O’zbekiston Respublikasi qonunlari oldida shaxsan o’zi to’liq javobgar bo’ladi.  Har qanday xizmatdan foydalanish qoidalari atayin (qasddan) buzilgan taqdirda, u xizmat ma’muriyati tomonidan bloklanadi yoki O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ushbu Foydalanuvchi shartnomasi qo’shilish shartnomasi hisoblanadi. Ushbu Foydalanuvchi shartnomasi “Kron Telekom Netvork” MChJ Kontent-provayderi (keyingi o’rinlarda Kontent provayderi) va “UMS” MChJ Operatorining (keyingi o’rinlarda Operator deb yuritiladi) Foydalanuvchi/Abonent uchun ommaviy ofertadir va faqat bir butun sifatida qo'shilish orqali qabul qilinadi.

Xizmat orqali «MyMusic» musiqalar va boshqa ovozli kompozitsiyalarining mediatekasiga kirishni qo’lga kiritgan holda, Siz ushbu Oferta shartlarini o’qib chiqqanligingizni, tushunganingizni va ularga to’liq rioya qilishga rozi ekanligingizni tasdiqlaysiz.

Ofertaning joriy versiyasi bilan tanishish uchun ushbu sahifani muntazam ravishda ko’rish Foydalanuvchi/Abonent zimmasida qoladi.

1. Tavsiflar

1.1. Foydalanuvchi/Abonent — Operator aloqa xizmatlarini ko’rsatish uchun shartnoma tuzgan (keyingi o’rinlarda Shartnoma) abonent (jismoniy shaxs) bo’ladi.

1.2. Abonent raqami — Shartnomaga muvofiq Abonentga ajratilgan telefon raqami. U tufayli o’rnatilgan SIM-karta orqali Abonent qurilmasining identifikasiyasi olib boriladi.

1.3. Abonent qurilmasi — aloqa tarmog’iga ulanadigan abonent uskunasi (abonent stansiyasi)  — ma’lumot o’tkazish va/yoki qabul qilishga imkon beruvchi; unga tegishli komplektasiya va aksessuarlar, boshqa yo’l bilan Kontentni ko’rish, ishlatish va qayta tasvirlashga imkon beradigan boshqa qurilma — telefon apparati va hokazo.

1.4. Kontent (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan) — Xizmat doirasida taqdim etiladigan ma’lumotnoma, ko’ngil ochar va (yoki) boshqa ma’lumotlar, anketalar, saylovlar, tanlovlar va shunga o’xshash tadbirlarda ishtirok etish imkoni.

1.5. Xizmat — Kontent provayder tomonidan Abonentga taqdim etiladigan RBT MyMusic (Ring Back Tone) gudok almashtirish xizmati.

1.6. Sayt — Kontent joylashtirilgan Internet-sayt yoki wap-sayt mymusic.mobi.uz.

1.7. Operator — "UMS" MCHJ (тм. Mobiuz), O’zbekiston Respublikasi hududidagi uyali aloqa operatori. Manzil: O’zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Amir Temur ko’ch.24.
 
 
1.8. Kontent provayder — «Kron Telekom Netvork» MChJ (тм. Cron Mobile Content), O’zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent sh., Sodiq Azimov ko’ch., 5 tor ko’ch., 4 uy, 1 xonadon.

2. Xizmatdan foydalanishning umumiy shartlari

2.1. Xizmatga kirish Operator tarmog’ini ishlatgan holda amalga oshiriladi. Xizmat ko’rsatilishi natijasida Foydalanuvchilar/Abonentlar ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilishlari sharti bilan Operator tomonidan taqdim etilgan Kontentga kirish huquqini olishadi. «Kron Telekom Netvork» MChJ Kontent-provayderi «MyMusic» ilovasiga joylashtirilgan Kontent-Xizmatning huquq egasi sifatida, abonentga chaqiruv paytida oddiy gudoklarni (Ring Back Tone) Xizmat doirasida taqdim etiladigan, Foydalanuvchi/Abonent tomonidan tanlangan musiqaga almashtirish imkonini beradigan Xizmatni Foydalanuvchiga taqdim etishni o’z zimmasiga oladi.

2.2. Xizmat doirasida Operator Foydalanuvchini Xizmat bilan foydalanish shartlari o’zgargani, Xizmatda funksional imkoniyatlar ro’yxati o’zgargani, pullik xizmatlar ro’yxati o’zgargani, Foydalanuvchi Xizmat bilan o’ziga xos shartlarda foydalanish imkoniyatlarini olishi mumkin bo’lgan marketing kampaniyalari haqida Foydalanuvchiga SMS-xabar jo’natish va/yoki Saytda yoki Ilovada joylashtirish yo’li bilan xabardor qilishga haqqi bor.

2.3. Xizmat tarifikatsiyasi xizmatdan 24 soat davomida foydalanganlik uchun QQSni hisobga olgan holda 1000 so‘m miqdoridagi xizmat tarifiga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat uchun kunlik to’lovni to’liq amalga oshirgan holda, ya’ni 1000 so’m to’langan holda – kun davomida musiqani cheksiz o’zgartirish mumkin.

2024 yil 2 oktabr kunidan boshlab, agar abonent faqat 500 so’m to’lash imkoniga ega bo’lsa, u holda xizmat kun davomida musiqani cheksiz o’zgartira olmaslik shaklida cheklov bilan taqdim etiladi. Kuniga 500 so'm to'lash sharti bilan abonent musiqani kuniga bir marta o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.

2.4. Xizmatdagi funksional imkoniyatlar ro’yxati, Servisning foydalanish kommersiya, texnik shartlari, pullik xizmatlar ro’yxati Kontent-provayder tomonidan aniqlanadi va istalgan vaqt Sayt yoki Ilovada axborot ma’lumotlari joylashtirilgan yo’l bilan o’zgartirishi mumkin. Mazkur Oferta o’zgartirilgandan so’ng Foydalanuvchi/Abonent Xizmat bilan foydalanishni davom etsa, bu kiritilgan o’zgarishlar bilan Foydalanuvchi/Abonent rozi bo’lganini aniqlatadi.

3. Foydalanuvchiga Xizmat ko’rsatish shartlari

3.1. Xizmatga kirish uchun, Foydalanuvchi/Abonent mazkur Ofertada ko’rsatilgan yo’llardan birini qo’llagan holda Xizmatni yoqsa bo’ladi.

3.2. Xizmatga Foydalanuvchi/Abonent mobil telefoni (uyali), plansheti va shaxsiy kompyuteri orqali kirishi uchun mo’ljallangan.

3.3. Xizmatni yoqish uchun qisqa 777 IVR raqamiga qo’ng’iroq qilib, interaktiv ovoz ko’rsatmalariga rioya qilgan holatda (qutlov va Xizmatning ovozli ofertasini tinglagandan so’ng) Foydalanuvchi/Abonent «MyMusic» RBT xizmatiga ulana oladi.  Xizmatni Xizmat Sayti orqali ham yoqsa bo’ladi mymusic.mobi.uz bu holda Foydalanuvchi/Abonent telefonga SMS-xabar orqali kelib tushgan kodni va telefon raqamni kiritish kerak bo’ladi. Telefon raqamini va kodni kiritgandan so’ng, Foydalanuvchi/Abonent «MyMusic» RBT xizmatini yoqishi mumkin.

3.4. Xizmat Foydalanuvchisi tarif rejasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar “UMS” MCHJning Foydalanuvchi/Abonenti bo’lishi mumkin.

3.5. Xizmat uchun to’lov narxi Foydalanuvchi/Abonent Xizmat obunasini mustaqil ravishda yoki Mobiuz yoki Cron Mobile Content koll-markaziga murojaat qilib bekor qilmaguncha, har kuni Foydalanuvchi/Abonent raqamining shaxsiy hisobidan yechiladi. 

3.6. Xizmat bilan foydalanish uchun Foydalanuvchi/Abonentning shaxsiy hisobidan mablag’ yechish imkoni bo’lmagan holda (Abonentning shaxsiy hisobida yetarlicha mablag’ bo’lmasa yoki xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida yoki boshqa sabablar tuifayli), Xizmat bilan foydalanish ruxsati Abonent hisobini to’ldirmaguncha to’xtatiladi. Abonent qisman blokirovka, majburiy blokirovka, Apparat yo’qolgani tufayli blokirovka, ixtiyoriy blokirovkada bo’lgani aniqlangan hollarda, «MyMusic» xizmati taqdim etilmaydi, Xizmat bilan foydalanish uchun ham mablag’ yechilmaydi. Xizmatni ulash/cho’zish harakatlari muvaffaqiyatsizlik bo’lsa, u holda Xizmat taqdim etilmaydi, foydalanish uchun ham mablag’ yechilmaydi.

3.7. Xizmatni mustaqil ravishda bekor qilish uchun:  STOP matnni qisqa 777 raqamiga SMS-xabar qilib jo’natsa bo’ladi, hamda Xizmat saytidagi  mymusic.mobi.uz shaxsiy kabinet orqali ham xizmatni bekor qilish mumkin.

3.8. Xizmat bilan foydalanish davomida va Xizmatga ulanishda Foydalanuvchi/Abonent tomonidan kiritilgan shaxsiy ma’lumotlar, Kontent-provayder Xizmati tomonidan qayta ishlanishiga rozilik beradi, va ushbu Xizmatga ulangan paytdan boshlab ushbu Oferta shartlarini qabul qilingandan keyin bunday qayta ishlash, yig’ish va saqlashga rozilik beradi.

3.9. Mazkur Ofertaning shartlarini qabul qilib, Foydalanuvchi Foydalanuvchilarga tegishli SMS-xabarlarni yuborish orqali Xizmat haqida ma’lumot olishiga rozilik beradi.

3.10. Mazkur Ofertada korsatilgan shaxsiy malumotlarni qayta ishlashga rozilik Xizmatning amal qilish muddati davomida amal qiladi.

4. Mazkur Oferta shartlarini qabul qilib, Foydalanuvchi quyidagilarni qabul qiladi va tushunadi:

4.1. Mazkur Xizmat doirasidagi Foydalanuvchi uchun mavjud bolgan «MyMusic» xizmatdagi musiqalar va boshqa ovozli kompozisiyalar mediatekasi faqat shaxsiyoilaviyuyda va Foydalanuvchining biznes (tijoratfaoliyati bilan bogliq bolmagan boshqa foydalanish uchun moljallangan.

4.2. Xizmatning faoliyati davomida texnik sabablarga kora buzilishlarxatolaruzilishlar sodir bolishi mumkinKontent-provayder telekommunikasiya va energetik tarmoqlaridagi nosozliklarzararli dasturlarning harakatlarishuningdek ruxsatsiz kirish va/yoki dasturiy taminotni va/yoki apparat kompleksini ochirishga qaratilgan uchinchi shaxslarning adolatsiz harakatlari natijasida oz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar bolmaydi.

4.3. SMS-xabarning mazmuni (matni), Xizmatga kirish qisqsa raqamikodli sozlarprefikslar va Xizmatga kirish uchun boshqa identifikatorlar togri kiritilgani uchunva rasmiylashtirish uchun boshqa talablarni va SMS-xabarlarni mazkur Ofertaning shartlariga binoan Foydalanuvchi tomonidan togri kiritilib jonatilishiga faqat Foydalanuvchi toliq javobgardir.

4.4. Xizmatda faqat  voyaga yetgan Foydalanuvchilar/Abonentlar uchun mo’ljallangan materiallar bo’lishi mumkin.

5. Taqiqlangan harakatlar:

5.1. Saytdan yoki Ilovadan Xizmatning normal ishlashiga xalaqit beradigan har qanday usulda foydalanish.

5.2. Boshqa Foydalanuvchining irodasiga qarshi o’sha Foydalanuvchi/Abonent nomidan Xizmatga kirishga yo’l beradigan harakatlar, parollarni kiritish va boshqa yo’llar.

6. Xizmat doirasida mavjud bo’lgan musiqiy fragmentlar.

6.1. Xizmatga joylashtirilgan musiqiy fragmentlar, hamda, dizayn elementlari, matn, grafik rasmlar, illyustrasiyalar, skriptlar, ilovalar, tovushlar va boshqa obyektlar va ularning podborkalari, O’zbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza qilish to’g’risidagi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq himoya qilinadi. Agar Foydalanuvchi/Abonent Xizmat tarkibida O’zbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza qilish to’g’risidagi amaldagi qonunchilik talablarini buzmoqda deb o'ylash uchun asoslar mavjud bo’lsa, Foydalanuvchi/Abonent Kontent-provayderga asoslangan talablar bilan murojaat qilishni o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi Kontent-provayder musiqiy fragmentlarni tarqatmasligini, balki faqatgina Foydalanuvchiga Xizmatga kirish va chaqiriqdagi gudoklarni Xizmat doirasida taqdim etiladigan musiqiy fragmentlarga almashtirish imkoniyatlarini berishini tushunadi va qabul qiladi.

6.2. Operator o’z mas’uliyati doirasida Foydalanuvchilar/Abonentlarga Xizmatga kirishini ta’minlash uchun Kontent Provayder uskunalari va Operator uskunalari o’rtasidagi aloqa kanalini tashkil etish va texnik qo’llab-quvvatlashga mas’uldir.

6.3. Mazkur Ofertada ko’rsatilgan shartlar, shuningdek,  O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida belgilangan holatlardan tashqari, hech qanday musiqiy fragmentlarni nusxalash, qayta ishlash, tarqatish, nashr etish, yuklab olish, o’tkazish yoki sotish mumkin emas.

6.4. Mualliflik huquqi egasining yozma ruxsatisiz mazkur Ofertada ruxsat etilganlardan tashqari musiqiy fragmentlardan har qanday foydalanish qat’iyan man etiladi.

7. Kontent-provayder huquqlari.

7.1. Mazkur Oferta Foydalanuvchi/Abonent tomonidan buzilgan taqdirda, shu jumladan, Kontent-provayder shunday ma’lumot olgan holda, Kontent-provayder bunday Foydalanuvchi/Abonent uchun har qanday sababga ko’ra yoki sababsiz, oldindan ogohlantirmasdan yoki ogohlantirib, barcha yoki istalgan bo’limga, yoki xizmat Saytiga yoki Ilovaga bir tomonlama ravishda kirishni to’xtatib qo’yish, cheklash yoki bekor qilishga haqlidir, shu jumladan Saytdan yoki Ilovadan Foydalanuvchining ma’lumotlarini o’chirib tashlagan natijasi tufayli Foydalanuvchi/Abonentga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarga Kontent-provayder javobgar bo’lmaydi.

7.2. Foydalanuvchi/Abonent Sayt va Ilova bilan noto’g’ri foydalanish va/yoki mazkur Oferta shartlarini va/yoki uchinchi shaxslar huquqlarini (shu jumladan mualliflik, patent, axborot huquqlari) buzish natijasida keltirgan zararlarini, Foydalanuvchi/Abonent Kontent-provayderga qoplashga rozi.

7.3. Xizmatlarni taqdim etish bo’yicha savollar paydo bo’lsa, Foydalanuvchi/Abonent E-mailga: info@cron.uz  asoslantirilgan murojaat bilan yozishi mumkin .

7.4. Dastur va Xizmat «Kron Telekom Netvork» MChJ (тм. Cron Mobile) hamkor tomonidan taqdim etiladi.

8. Boshqa shartlar.

8.1. Mazkur Foydalanuvchi shartnomasi va unga tegishli ilovalar rus tilida tuzilgan va o’zbek tiliga tarjima qilingan.

8.2. Xizmat ko’rsatish bilan bog’liq masalalar bo’yicha barcha nizo va kelishmovchiliklar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq qilgan holda Tomonlar tarafidan hal qiladilar.

8.3. Operator Foydalanuvchi/Abonent oldida Xizmat va Kontent-proveyderning harakatlari va/yoki harakatsizligiga javobgar emas.

8.4. Operator, Operator saytida joylashtirilgan mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish bo’yicha Ommaviy ofertasi, va mazkur Foydalanuvchi shartnomasidagi Operator tarmog’ini qo’llagan tufayli Xizmatga kirish qismi asoslari bo’yicha Foydalanuvchilarga xizmatar ko’rsatadi.