Qoidalar
1. «MyMusic» xizmatining tavsifi:
«MyMusic» xizmati real vaqtda Mobiuz kompaniyasi Abonentlariga, standart gudoklarni musiqiy fragmentga (melodiya) almashtirish imkonini beradi. Abonent «MyMusic» xizmatini ulaganda, quyidagi funksional to’plamni oladi:
- Musiqiy fragmentni tinglash va tanlash;
- Musiqiy fragmentlar bazasi bo’yicha izlash;
- Standart gudok o’rniga musiqiy fragmentni o’rnatish;
- «MyMusic» xizmatini yoqish/o’chirish imkoni;
2. «MyMusic» xizmatini yoqish va o’chirish:
2.1. «MyMusic» xizmatidan foydalanish uchun Abonentda quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:
2.1.1. Abonent qurilmasi – mobil telefon;
2.1.2. «MyMusic» xizmati veb-saytiga mm.mobi.uz kirish uchun Internet tarmog’iga amaldagi ulanish yoki 777 qisqa IVR raqamiga qo’ng’iroq orqali xizmatni ulash uchun faol abonentning SIM-kartasi.
2.2. Xizmatni veb sayt orqali yoqish uchun, Abonent abonent raqamini kiritish va unga jo’natilgan sms parolni kiritish orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi.
2.2.1. Xizmatni IVR orqali yoqish uchun, Abonent qisqa 777 raqamiga qo’ng’iroq qilib, ovozli yordamchining ko’rsatmasi orqali, o’ziga yoqqan musiqani tanlab, mobil qurilmasida tugmani bosish yo’li bilan obunani rasmiylashtirishi mumkin.
2.3. Xizmat «UMS» MChJ (тм. Mobiuz) mobil operatori tarmog’i doirasida taqdim etiladi.
2.4. Xizmatga birinchi marotaba obuna bo’lganda, Abonentga obunani bekor qilish yo’li, Abonent to’lovi narxi va qo’shimcha ma’lumot olish uchun Call-markazning raqami ko’rsatilgan sms-xabar kelib tushadi.
2.5. Sinov davri davomida Abonent Xizmatni bekor qilsa, Xizmatga qayta ulangan holda, abonentga sinov davri boshqa berilmaydi.
2.6. Xizmatga obuna bo’lgan va Abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan sharti asosida, Internet tarmog’iga kirishi bo’lgan holda, Abonent sayt orqali yoki qisqa IVR 777 raqamidagi Interaktiv ovozli menyu orqali istalgan vaqtida xizmat bilan foydalana oladi.
2.7. Xizmatni bekor qilish quyidagi usullardan biri orqali amlga oshirilishi mumkin:
- mm.mobi.uz manzil bo’yicha veb-saytning menyusida «Profil» bo’limida
- IVR qisqa 777 raqamidagi Interaktiv ovozli menyusi ichida
- Qisqa 777 raqamiga «STOP» so’zini SMS qilib jo’natish.
3. Xizmat uchun abonent to'lovi:
Xizmat tarifikatsiyasi xizmatdan 24 soat davomida foydalanganlik uchun QQSni hisobga olgan holda 1000 so‘m miqdoridagi xizmat tarifiga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat uchun kunlik to’lovni to’liq amalga oshirgan holda, ya’ni 1000 so’m to’langan holda – kun davomida musiqani cheksiz o’zgartirish mumkin.
2024 yil 2 oktabr kunidan boshlab, agar abonent faqat 500 so’m to’lash imkoniga ega bo’lsa, u holda xizmat kun davomida musiqani cheksiz o’zgartira olmaslik shaklida cheklov bilan taqdim etiladi. Kuniga 500 so'm to'lash sharti bilan abonent musiqani kuniga bir marta o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.
4. Internet-trafikning tarifikatsiyasi:
4.1. MyMusic RBT xizmati, xizmat uchun Abonent to’lovi vaqtida amalga oshirilgan shartida, real vaqtda Mobiuz Abonentlariga musiqiy fragmentlar to’plami bilan foydalanish va standart gudoklarni musiqiy fragmentga almashtirish imkonini taqdim etadi.
4.2. Xizmat Internet tarmog’i va mobil aloqaga kirish mavjud bo’lsa taqdim etiladi.
4.3. Mobiuz Abonentlari uchun xizmat ulangan bo’lsa, xizmat doirasidagi kiruvchi va chiquvchi mobil internet-trafik tarifikatsiyalanadi.
4.4. Abonent boshqa operatorlarning internet-trafigini ishlatsa, kiruvchi va chiquvchi internet-trafik boshqa operatorlarining belgilangan tariflari bo’yicha hisolanadi.
Ko’p beriladigan savollarda taqdim etilgan javoblardan abonent javob topmasa, «MyMusic» RBT xizmat bo’yicha boshqa savollar paydo bo’lsa – Cron Mobile Content kompaniyasining Call-markaziga (ish vaqti: kechayu-kunduz) quyadagi raqam orqali murojaat qilishi mumkin: +998712004555
5. Qo’llab-quvvatlanadigan qurilmalar:
5.1 Xizmatni Safari, Google Chrome, Mozilla Firefox brauzerlarining so’nggi versiyalari bor bo’lgan barcha mobil qurilmalarda ochish mumkin.
5.2 Dastur va xizmat hamkor «Kron Telekom Netvork» MChJ (Cron Mobile Content) tomonidan taqdim etiladi.